Tarix va hozirgi
Kompaniya haqida
“ProCab” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi 2012-yilda ichki va tashqi bozorning yuqori sifatli kabel va sim mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tashkil etilgan
Korxona tashkil etilganidan buyon hozirgi kunga qadar zavodni modernizatsiya qilish uchun 60 million dollardan ortiq sarmoya kiritilgan. ProCab zavodi Toshkent shahrining Sirg’ali tumanida 14 gektar maydonda joylashgan.
Germaniya, Finlandiya, Turkiya va Xitoyning yetakchi kompaniyalarining avtomatlashtirish va nazorat qilish uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy uskunalar yordamida kabel va simlarni ishlab chiqarmoqdamiz
Ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan kundan boshlab biz kabel mahsulotlariga bo‘lgan talab, taklif va bozor talablarini atroflicha o‘rgandik, natijada biz ishlab chiqarayotgan mahsulot turlarini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini ega bo’ldik. Yangi mahsulotlar, texnologiyalar va yangi g’oyalarga doimiy sarmoya kiritilishi natijasida kompaniyamiz 2000 dan ortiq turdagi kabellarni ishlab chiqarib ushbu sohada mashxurlikka erishdi.
Ishlab chiqariluvchi mahsulotlar 8 toifaga bo’linadi va ularning har biri o’nlab kabel va simlarni o’z ichiga oladi:
- – 3 va 6 kV gacha bo’lgan nominal kuchlanish uchun plastik izolyatsiyaga ega quvvat kabellari
- – 6 dan 35 kV gacha kuchlanish uchun XLPE izolyatsiyalangan kabellar
- – Nazorat kabellari
- – Elektr energiyasini uzatish uchun kabel va simlar
- – Elektr inshootlari uchun kabel va simlar
- – Yong’in xavfsizligi va qo’riqlash signalizatsiyalari uchun kabellar
- – Universal va instrumental kabellar
- – Strukturaviy kabel tizimlari uchun kabellar
Mahsulotlar ishonchli sifatga ega bo’lib, mamlakatimiz va qo’shni mamlakatlardagi boshqa ishlab chiqaruvchilarning kabel va simlari bilan muvaffaqiyat bilan raqobatlasha oladi
Tashkilotimiz O’zbekistonning Toshkent City, Uzbekenergo, «O’zbekiston Temir Yo’llari», NGMK, Bekobod Metallurgiya kombinati, Trest 12, Enter Engineering, Artel, Humo Arena, Mobiuz, Murad Buildings, Golden House, Akay City, Discover Invest, Toshkent teleminorasi kabi yetakchi kompaniyalariga o’z mahsulotini yetkazib beradi. Aytish joizki, mahsulotlarning bir qismi Yevropa, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya kabi davlatlarga eksport qilinadi
Bugungi kunda zavod ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati bo’yicha yetakchilardan biri deb tan olingan